Tramp tinchlik boʻyicha Nobelь mukofotini oladimi?
Juma kuni tinchlik boʻyicha Nobelь mukofoti sohibi eъlon qilinadi. AQSh prezidenti Donalьd Tramp Gʻazodagi urushni toʻxtatish hamda garovdagi shaxslarni ozod qilish boʻyicha kelishuvga erishish harakatlari orqali mukofotlanishdan umid qilmoqda.
Garovdagilarni ozod qilish muzokaralari davomida isroillik oilalar Nobelь qoʻmitasiga murojaat yoʻllab, Trampni tinchlik mukofoti bilan taqdirlashini soʻragan.
«Biz sizga hayotimizdagi tasvirlab boʻlmas qorongʻu kunlarni boshdan kechirayotgan oilalar sifatida yozmoqdamiz – har kuni dasturxon atrofida boʻsh kursini koʻrib yuragimiz ogʻriydi. Soʻnggi umid bilan ularning uyga qaytib kelishini intizorlik bilan kutamiz. Bugun biz sizdan Nobelь mukofotini AQSh prezidenti Donalьd Trampga berishingizni iltimos qilamiz», — deb yozilgan maktubda.
Maъlumot uchun, ushbu mukofot sohibi juma kuni Oslodagi Nobel institutida eъlon qilinadi. Taqdirlash marosimi esa 10 dekabrь kuni – Alьfred Nobel vafot etgan sanada Oslo shahar hokimiyati binosida boʻlib oʻtadi.