23.01.2025 15:23
Tramp Husiylarni terrorchi tashkilot qatoriga qoʻshish toʻgʻrisidagi farmonni imzoladi
Tramp Husiylarni terrorchi tashkilot qatoriga qoʻfarmonni imzoladi
AQSh prezidenti Donald Tramp Eron qoʻllab-quvvatlaydigan “Ansor Alloh” (husiylar) guruhini terrorchi tashkilot sifatida tan olish haqidagi farmonni imzoladi. Oq uy veb-saytida eʻʻlon qilingan farmonga koʻra, guruh amerikaliklar va Yaqin Sharqdagi hamkorlarga jiddiy tahdid solmoqda.
Farmonda husiylarning AQSh harbiy kemalari va savdo kemalariga hujumlari, Saudiya Arabistoni va Isroilga qarshi amalga oshirgan zarbalari qayd etilgan. Davlat kotibi Marko Rubio 30 kun ichida husiylarning terrorchi tashkilot sifatida rasmiy tan olinishi yuzasidan hisobot taqdim etishi kerak.
2021 yilda Bayden maʻʻmuriyati husiylarni terrorchi tashkilotlar roʻyxatidan chiqargan edi. Ammo ularning Isroilga qarshi harakatlari tufayli guruh qaytadan "maxsus belgilangan global terrorchi tashkilotlar" roʻyxatiga kiritildi.
https://t.me/azon_global/7637
2024 yilda Yaman Husiylarining Qizil dengizda Isroilga aloqador kemalarga hujumlari ortidan jahon iqtisodiyoti 200 mlrd zarar koʻrgan. Jumladan, dengiz orqali yuk tashish narxlari besh baravar oshgan.