30.01.2025 10:13
349
Tramp HAMASni qoʻllab-quvvatlagan xorijiy talabalarni deportatsiya qilishni rejalashtirmoqda
AQSh prezidenti Donalʻd Tramp 29 yanvarʻ kuni "Antisemitizmga qarshi kurash" toʻgʻrisidagi farmonni imzolashni rejalashtirmoqda. Bu hujjatga koʻra, Falastinni qoʻllab-quvvatlab namoyishlarda qatnashgan xorijliklar, jumladan, talabalar ham mamlakatdan chiqarib yuboriladi.
Oq uyga koʻra, hukumat yahudiylarga qarshi tahdid va zoʻravonliklarga qarshi qatʻʻiy choralar koʻradi. Tramp universitetlarda HAMAS tarafdorlari faoliyatini cheklash uchun barcha federal resurslarni ishga solishini aytgan.
"Namoyishlarda qatnashgan xorijliklarni ogohlantiraman: 2025 yilda sizlarni topib, deportatsiya qilamiz", degan Tramp.
Advokatlar bu farmonni Konstitutsiyaga zid deb hisoblamoqda, chunki u soʻz erkinligi va tinch namoyishlar oʻtkazish huquqini cheklaydi.
Shuningdek, Vashington sudi Trampning hukumat grantlarini muzlatish haqidagi buyrugʻini vaqtincha toʻxtatib qoʻydi. Sudyaga koʻra, bu qaror notoʻgʻri taʻʻsir qilishi mumkin va jiddiy zarar etkazishi ehtimoli bor.
Keyingi sud majlisi 3 fevralda boʻlib oʻtadi.