16.01.2024 14:23

Tramp Ayovadagi dastlabki saylovlarda gʻalaba qozondi

AQShda prezidentlik saylovlari uchun poyga anʻʻanaviy tarzda boshlanadigan Ayova shtatida noyabrʻ oyida boʻlib oʻtadigan prezidentlik saylovlariga Respublikachilar partiyasidan nomzod koʻrsatadigan praymeriz – partiyaichi dastlabki saylovlar seriyasida ovoz berish yakunlandi.

AP axborot agentligi eʻʻlon qilgan dastlabki ovoz berish natijalariga koʻra, Tramp oʻz raqiblari - Florida gubernatori Ron DeSantis va AQShning BMTdagi sobiq elchisi Nikki Xeylini ortda qoldirib, Ayova shtatida eng koʻp ovoz toʻpladi.

Respublikachi saylovchilar yigʻilishi (kokus) shaklida oʻtkazilgan praymeriz natijalariga koʻra, Tramp 51 foiz ovoz olib, ishonchli gʻalabaga erishdi. DeSantis 21 foizdan sal koʻproq ovoz bilan ikkinchi, Xeyli esa 19 foiz ovoz bilan uchinchi oʻrinni egalladi.

Ayni paytda respublikachilardan yana bir nomzod Vivek Ramasvami Tramp foydasiga poygadan chiqdi.

Ayova shtatidagi respublikachi saylovchilar orasida Ramasvami 7,7 foiz bilan qoʻllab-quvvatlandi.

Har bir shtatda praymeriz yoki kokus shaklida oʻtkaziladigan navbatdagi AQSh praymerizlari Nʻyu-Hempshirda 23 yanvarʻ kuni boʻlib oʻtadi. Dastlabki saylov jarayonlari 8 iyunga qadar davom etadi.

Iyulʻ va avgust oylarida boʻlib oʻtadigan partiya qurultoylarida Demokratik partiya ham, Respublikachilar partiyasi ham prezidentlik saylovlari uchun oʻz rasmiy nomzodlarini aniqlaydi.

5 noyabrʻ kuni boʻlib oʻtgan prezidentlik saylovida gʻalaba qozongan nomzod 2025 yilning 20 yanvarida lavozimiga kirishadi.

Mavzuga aloqador