11.02.2025 09:05
260

Tramp: Agar garovga olinganlar qaytarilmasa, "jahannam boshlanadi"

Tramp: Agar garovga olinganlar qaytarilmasa, "jahannam boshlanadi"

AQSh prezidenti Donald Tramp XAMASga ultimatum qoʻyib, agar shanba kuni tushga qadar barcha isroillik garovga olinganlar ozod qilinmasa, Gʻazoda oʻt ochishni toʻxtatish shartnomasi bekor qilinishi kerakligini aytdi.

"Men oʻzim uchun gapiryapman. Isroil buni bekor qilishi mumkin", — dedi Tramp, XAMASni jiddiy oqibatlar haqida ogohlantirar ekan.

Tramp, shuningdek, garovdagi koʻplab isroilliklarning hayoti xavf ostida ekanligi va ular allaqachon halok boʻlgan boʻlishi mumkinligidan xavotir bildirdi. U: "Agar ular bu erda boʻlmasa, jahannam boshlanadi", — deya qattiq bayonot berdi.

Trampning bu bayonoti XAMAS Isroilni kelishuv shartlarini buzganlikda ayblab, garovga olinganlarni ozod qilishni kechiktirishini maъlum qilganidan bir necha soat oʻtib berildi.

Shuningdek, AQSh prezidenti Falastin masalasida oʻz pozitsiyasini keskin ifoda etib, Gʻazodagi mojaro doirasida Iordaniyadan falastinliklarni qabul qilishni soʻragan. Biroq, Iordaniya qiroli Abdulla bu taklifni rad etib, seshanba kuni Oq uyda Tramp bilan uchrashishi kutilmoqda.

Mavzuga aloqador