29.09.2025 17:05
109

“Tolibon” hibsda saqlanayotgan amerikalikni ozod qildi


 

AQSh davlat kotibi Marko Rubioning maъlum qilishicha, Tolibon 2024 yil dekabridan beri Afgʻoniston qamoqxonasida saqlanayotgan amerikalik – Amir Amiriyni ozod qilgan. Rubio shu munosabat bilan koʻrsatgan yordami uchun Qatarga minnatdorlik bildirgan.

 

Oldinroq, Afgʻoniston tashqi ishlar vaziri Amir Xon Muttaqiy AQSh prezidentining garovga olish masalalari boʻyicha maxsus vakili Adam Boller boshchiligidagi delegatsiya bilan uchrashgan edi. Boller esa Afgʻoniston va AQSh oʻrtasidagi muzokaralarni konstruktiv deb baholab, muloqotni davom ettirishdan umidvorligini aytgan.

Mavzuga aloqador