Tolibon 22-24-oktyabrʻ kunlari Qozon shahrida boʻlib oʻtadigan BRIKS sammitida ishtirok etish uchun ariza topshirdi, deya xabar qildi BAZA.

Afgʻoniston Islom Amirligi xukumati sanoat va savdo vazirligi rahbari Nuriddin Aziziy nomidan Rossiya prezidenti yordamchisi Yuriy Ushakovga BRIKS sammitida ishtirok etish iltimosi bilan yozma ariza yubordi.

Sanoat vaziri Nuriddin Aziziy oʻz maktubida “Afgʻonistonning BRIKS sammitidagi ishtiroki nafaqat afgʻonlar, balki mintaqadagi barcha davlatlarning rivojlanishi uchun muhim. Zero “Markaziy va Janubiy Osiyoga koʻprik boʻlib, mintaqaviy barqarorlik va iqtisodiy taraqqiyot uchun muhim rol oʻynaydi”, deb yozdi.

Qayd etilishicha, Afgʻoniston Islom Amirligi boʻlajak BRIKS sammitida ishtirok etishini eʻʻlon qilgan yagona tan olinmagan davlat emas. Sammit ishtirokchilari orasida Falastin (cheklangan tan olingan davlat) ham boʻladi, uning vakillari avvalroq BRIKSga qoʻshilish istagini bildirgan.

Koʻpgina ekspertlarning fikricha, bu Falastin uchun koʻproq siyosiy qadam, BRIKS uchun esa ushbu birlashma birinchi marta butun dunyo tomonidan toʻliq siyosiy tan olinmagan davlat va hududlarga eʻʻtibor qaratganidan dalolat beruvchi siyosiy signaldir.

Mavzuga aloqador