11.11.2024 15:04
"Tolibon" BMTning iqlim boʻyicha sammiti uchun Bokuga uchib ketdi
Afgʻonistonning “Tolibon” harakati delegatsiyasi Bokuda boʻlib oʻtadigan BMTning iqlim oʻzgarishi boʻyicha konferentsiyasida (COP29) ishtirok etadi.
Ozarbayjon afgʻon rasmiylarini kuzatuvchi sifatida taklif qilgan boʻlib, ularga “munozaralarda qatnashish va ikki tomonlama uchrashuvlar oʻtkazishga” ruxsat berdi, deya maʻʻlum qildi Reuters agentligiga diplomatik manba.
Afgʻonistonning Atrof-muhitni muhofaza qilish milliy agentligi agentlik rahbari Maulvi Matiul Haq Xolis boshchiligidagi texnik delegatsiya Ozarbayjonga joʻnab ketgani haqida xabar berdi.
“COP29da biz iqlim oʻzgarishi va atrof-muhit muammolari bilan bogʻliq masalalarni muhokama qilishga, shuningdek, afgʻonlarning ovozini xalqaro hamjamiyatga etkazishga harakat qilamiz”, – dedi Xolis.
Afgʻoniston delegatsiyasining xalqaro iqlim anjumanidagi ishtirokini Afgʻoniston uchun yaxshi imkoniyat sifatida qayd etib, tadbirdan unumli foydalanishga harakat qilishlarini taʻʻkidladi.
Maʻʻlumot uchun, joriy haftada Bokuda BMTning iqlim oʻzgarishi boʻyicha doiraviy konventsiyasi (COP29) ishtirokchilari konferentsiyasining 29-sessiyasi boʻlib oʻtadi. Unda 100 ga yaqin etakchilar, jumladan Oʻzbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoevning ham ishtirok etishi kutilmoqda.