Tojikistonlik ayol Rossiyaga isiriq olib kirgani uchun 8 yilga qamaldi
Tojikiston Bosh prokuraturasi fuqarolardan Rossiyaga isiriq olib kirmaslikni soʻragan.
Gap shundaki, yuk xaltasida isiriq boʻlgan ikki nafar tojikistonlik ayol Rossiya aeroportida qoʻlga olingan. Unga nisbatan RF Jinoyat kodeksining 228-moddasi (2-qism) va 229.1-moddasi (3-qism) boʻyicha jinoyat ishi qoʻzgʻatilgan. Ushbu moddalar giyohvand moddalarni sotish, maqsadsiz saqlash, tashish va qayta ishlash hamda ularni noqonuniy ravishda chegaradan olib oʻtish kabi ayblovlarni nazarda tutadi.
Tergov yakunlangach, ish sudga oʻtkazilgan va ayol 8 yilga ozodlikdan mahrum etilgan. Ikkinchi ushlangan ayol taqdiri haqida maъlumot yoʻq. Shuningdek, ayblangan ayollar va ularning yaqinlari munosabati ham nomaъlum.
Oldinroq Tojikiston IIV Rossiyada taqiqlangan 10 ta oʻsimlik roʻyxatini eъlon qilgandi.