06.05.2025 06:38
83
Tojikistonda bu yil urush qatnashchilariga qancha pul toʻlanadi?
Tojikistonda Ikkinchi jahon urushi faxriylari va nogironlariga 9 may arafasida 25 ming somoniy (taxminan 2,4 ming dollar) miqdorida bir martalik toʻlov puli beriladi. Bu haqda Milliy kengash spikeri, Dushanbe shahri hokimi Rustam Imomali maъlum qildi. https://t.me/dushanbepost/27401
Rustam Imomali tomonidan qabul qilingan qarorda 1941-1945 yillardagi Ikkinchi jahon urushi qatnashchilari va nogironlarining har biriga 25 ming somoniy ajratilishi koʻzda tutilgan.
Maъlumot uchun, hozir Tojikistonda 17 nafar Ikkinchi jahon urushi qatnashchisi istiqomat qilmoqda. Bundan tashqari, respublikada 121 nafar front orti mehnatkashlari bor.
Maъlumot uchun, urush yillarida Tojikistondan Qizil armiyaga 300 mingdan ortiq kishi chaqirilgan, respublikaning 90 mingdan ortiq aholisi frontdan qaytmagan.