03.10.2025 09:36
63

Tojikistonda "ajralish narxi" ikki baravarga oshdi



Tojikiston prezidenti nikohni bekor qilish boʻyicha davlat boji oshirilishini nazarda tutuvchi hujjatni imzoladi. Qonun rasmiy eъlon qilingach kuchga kiradi. 

“Davlat boji toʻgʻrisida”gi qonunga kiritilgan yangi oʻzgartirishlarga koʻra:

Er-xotindan birining arizasi boʻyicha - 75 somoniydan 150 somoniygacha (97 mingdan 195 ming soʻmgacha);
Qoʻshma ariza boʻyicha - 375 somoniydan 750 somoniygacha (487 mingdan 974 ming soʻmgacha);
Sud qarori asosida - 525 somoniydan 1050 somoniygacha (682 mingdan 1 million 364 ming soʻmgacha) bojlar oshiriladi.

Mamlakat parlamenti ilgari bunday choralarni ajrimlar sonini kamaytirish maqsadi bilan izohlagandi. 

Rasmiy maъlumotlarga koʻra, 2025 yilning birinchi yarmida 4117 ta ajrim qayd etilgan, bu oʻtgan yilning shu davriga nisbatan 291 taga kam. Shunga qaramay, hukumat vakillari vaziyatni tashvishli deb baholamoqda.

Mavzuga aloqador