14.02.2025 07:35

Tojikiston muftiysiga hujum qilgan talaba 26 yilga qamaldi

Tojikiston muftiysiga hujum qilgan talaba hukm oʻqildi

Tojikiston Oliy sudi mamlakat Ulamolar kengashi raisi Saidmukarram Abdulqodirzodaga hujum qilgan shaxs boʻyicha yakuniy hukmni tasdiqladi.

2024 yil sentyabrь oyida sodir boʻlgan hodisa uchun 24 yoshli talaba Muhammadrofe Izzatulozoda 26 yilga ozodlikdan mahrum etildi. U terrorizm va qotillikka suiqasd qilishda aybdor deb topildi.

Boshqa ikki ayblanuvchi – Mahmudjon Shodixonov 13 yil, Qiyomiddin Fayzulloev esa 2 yil qamoq jazosiga hukm qilindi. Fayzulloev hodisa haqida hokimiyatga xabar bermagani uchun javobgarlikka tortildi.

Hujum 2024 yil 11 sentyabrda Dushanbedagi bosh masjid yaqinida shom namozidan keyin sodir boʻlgan. Muftiy pichoq bilan yaralangan, biroq jarohati ogʻir boʻlmagani uchun tibbiy koʻrikdan soʻng uyiga joʻnatilgan.

Keyinchalik Abdulqodirzoda hujum ekstremistik guruh aъzosi tomonidan sodir etilganini maъlum qildi.

Mavzuga aloqador