01.11.2024 08:29

Tojikiston Counter Strike va GTA singari oʻyinlarni taqiqladi

Tojikistonda “axloqiy va madaniy meʻʻyorlariga toʻgʻri kelmagani sababli” mashhur Grand Theft Auto (GTA) va Counter-Strike oʻyinlari taqiqlandi. Cheklovlar kompʻyuter klublari va oʻyin markazlariga tegishli boʻlib, qaror ijrosini taʻʻminlash maqsadida respublika boʻylab reydlar oʻtkaziladi.

Tojikistonda mashhur Grand Theft Auto (GTA) va Counter-Strike oʻyinlari taqiqlandi. Tojikiston Ichki ishlar vazirligi Madaniyat vazirligining tarixiy-madaniy ekspertizasi maʻʻlumotlariga tayanib, zoʻravonlik, qotillik va talonchilik sahnalari bilan toʻldirilgan ushbu oʻyinlar yoshlarga salbiy taʻʻsir koʻrsatishini maʻʻlum qildi.

Vazirlikning qoʻshimcha qilishicha, bunday oʻyinlar taʻʻsirida oʻsmirlarda tajovuzkor xulq-atvor paydo boʻlib, jinoyat sodir etishga moyilligi kuchaymoqda. Madaniyat vazirligi, oʻz navbatida, bunday oʻyinlar mamlakatning axloqiy va madaniy meʻʻyorlariga toʻgʻri kelmasligini taʻʻkidlagan va bu taqiq uchun asos boʻlgan.

Dushanbe politsiyasining izoh berishicha, cheklovlar kompʻyuter klublari va oʻyin markazlari egalariga tegishli boʻlib, ular endilikda oʻz hududlarida taqiqlangan oʻyinlar oʻynalmasligi kerak. Mazkur chora-tadbirlar ijrosini nazorat qilish maqsadida respublika boʻylab kompʻyuter klublarida reydlar oʻtkazish rejalashtirilgan.

Shuningdek, Ichki ishlar vazirligi ota-onalarga salbiy taʻʻsir koʻrsatishining oldini olish uchun farzandlari qaysi oʻyinlarni afzal koʻrishini diqqat bilan kuzatishni tavsiya qildi.

Avvalroq Rossiya Davlat Dumasi ham zoʻravonlik, shafqatsizlikni targʻib qiluvchi yoki odobsiz soʻzlarni oʻz ichiga olgan Counter Strike va GTA kabi oʻyinlarni taqiqlashni taklif qilgan edi.

Mavzuga aloqador