22.01.2025 07:15
426

Tel-Avivda marokashlik erkak yahudiylarni pichoqladi

Tel-Avivda 30 yoshli marokashlik erkak yahudiylarga pichoq bilan hujum qilib, bir nechtasini, jumladan, Gʻazodagi urushda qatnashgan askarni yaraladi. Hujum qilgan marokashlik hodisa joyida oʻldirilgan.

 

Tel-Avivda 30 yoshli marokashlik Abdulaziz Kaddi yahudiylarga pichoq bilan hujum qilib, bir nechtasini yaraladi. Abdulazizning oʻzi hodisa joyida oʻldirilgan.

 

Tel-Avivdagi Ichilov kasalxonasining maʻʻlum qilishicha, yaralanganlardan biri boʻynidan bir necha marta pichoq zarbasini olgan va jarohati ogʻir.

 

Isroilning Kanal 14 telekanalining xabar berishicha, pichoqli hujumda yaralanganlardan biri Gʻazodagi toʻqnashuvda qoʻli kesilgan askardir.

 

Isroil ichki razvedka boʻlimi Shin Bet Tel-Avivdagi hujumni amalga oshirgan Abdulaziz Kaddi Isroilga kirishi bilan soʻroqqa tutilgani, qoʻshimcha xavfsizlik sinovlaridan oʻtkazilgani va natijada unga toʻsqinlik qiladigan maʻʻlumot yoʻqligi sababli Isroilga kirishiga ruxsat berilganini eʻʻlon qildi.

 

Yahudiy matbuoti esa Abdulazizning Falastin haqidagi Facebook postlarini koʻrsatib, Shin Betni etarlicha izlanish olib bormaganlikda aybladi.

 

HAMAS Tel-Avivdagi hujumni olqishladi

 

“Tel-Avivda marokashlik qahramonning pichoqli hujumini olqishglaymiz. Bu voqea ishgʻol va uning tajovuzi davom etar ekan, qarshilik toʻlqini ham toʻxtamasligi va kuchayishini yana bir bor isbotlaydi.

 

Ushbu operatsiya ishgʻolchilarning Jeninga qilgan hujumlari chogʻidagi oʻnlab shahid va yaradorlar ortidan tabiiy javob sifatida kelgan, qonning qon uchun ekanligini va qarshilikning bor kuchi bilan egallab olgan tuzilmaga chuqur zarba berishini ifoda etgan mazmunli xabardir”.

Mavzuga aloqador