Isroil politsiyasiga pichoq bilan hujum uyushtirgan va voqea joyida halok boʻlgan Hasan Saklan Quddusga ekskurtsiya bilan kelgan. Taʻʻkidlanishicha, Hasan Saklanan hujumni amalga oshirish uchun kasallik bahonasida ekskurtsiya vaqtida guruhni tark etgan. Saklanan Turkiyaning Urfa shahrida roʻyxatga olingani aytiladi.

34 yoshli Hasan Saklanan Turkiyaning Shanliurfa shahridagi masjid imom-xatibi, uylangan, toʻrt farzandning otasi edi. U isroillik bosqinchini oʻldirish va shahid boʻlish uchun ishgʻol ostidagi Falastindagi Al-Qudsga (Quddus) sayyoh sifatida kelgan.

Quddusdagi hujumdan soʻng Turkiyadan kelgan sayohatchilar tez-tez toʻxtab turadigan “Nev Sapitol” mehmonxonasi Isroil politsiyasi tomonidan oʻrab olingani va tintuvlar oʻtkazilgani xabar qilingandi.

Mavzuga aloqador