29.07.2025 11:03
139
Tehronda afgʻon ayoli va uning uch goʻdagi vahshiylarcha oʻldirildi. Kobul izoh talab qilmoqda
Afgʻonistonning Erondagi elchixonasi Tehronda afgʻonistonlik ayol va uning uch farzandi vahshiylarcha oʻldirilishi ortidan tergov oʻtkazilishini talab qildi
Gap shundaki, poytaxt Tehronning Murtazo Gerd tumanidagi uyda yosh ayol pichoqlangan. Uning ikki yoshdan besh yoshgacha boʻlgan uch farzandi ham vahshiylarcha oʻldirib ketilgan.
Afgʻoniston Muvaqqat ishlar vakili Fazl Muhammad Xoqoniy masala allaqachon Eron rasmiylariga yuborilganini va elchixona vaziyatni diqqat bilan kuzatib borayotganini taъkidlagan.
Vazir Xoqoniy qurbonlarning oila aъzolariga hamdardlik bildirgan. Uning qoʻshimcha qilishicha, Afgʻoniston rasmiylari toʻliq tergov oʻtkazilishi va aybdorlar javobgarlikka tortilishini talab qilmoqda.