24.06.2025 16:31
44
Tasnim: Eron yadroviy dasturini davom ettiradi
Bugun, 24 iyunь kuni Eron Atom energiyasi tashkiloti rahbari Muhammad Islomiy "Isroil" va AQSh tomonidan uyushtirilgan hujumlarga qaramay fors davlatining yadroviy faoliyati toʻxtamasligini maъlum qildi.
Uning aytishicha, ayni paytda etkazilgan zarar baholanmoqda, ammo bu kabi vaziyatlar uchun avvaldan favqulodda holatlarda ham ishlab chiqarishni saqlab qolish choralari koʻrilgan edi.
Tashkilot vakillaridan biri Behruz Kamolvandiy esa "Eron yadroviy sanoati shunchalik chuqur ildiz otganki, uni yoʻq qilishning iloji yoʻqligi"ni aytib oʻtgan. Kamolvandiy mamlakatning barqarorligi va texnologik salohiyatini alohida eъtirof etgan.