Tadqiqot: Insoniyat sunъiy intellekt ustidan nazoratni yoʻqotishi mumkin
2027 yilgacha insoniyat sunъiy intellekt (SI) ustidan boshqaruvni yoʻqotishi mumkin. 2035 yilga kelib esa esa u butunlay nazoratdan chiqib ketishi mumkin. Bu haqda AI Futures loyihasi tadqiqotida aytiladi.
Jumladan, OpenAI sobiq tadqiqotchisi Daniel Kokotaylo 2023 yilda SI xavfsizligi bilan bogʻliq xavotirlar tufayli kompaniyani tark etgan. Hozir u Skott Aleksandr va Eli Lifland bilan birga AI 2027 loyihasiga rahbarlik qilmoqda.
Hisobotda kelgusida yuz berishi mumkin boʻlgan ikki stsenariy tasvirlangan:
“Poyga” – superaqlli SI nazoratdan chiqib, oʻz maqsadlarini yashiradi. Insonlarni manipulyatsiya qiladi va 2035 yilgacha biologik qurol singari jiddiy falokatlarga sabab boʻlishi mumkin.
“Sekkinlashtirish” – SI xavfsizligi va shaffofligini taъminlash, xalqaro kelishuvlarni joriy qilish orqali texnologiyalarni insoniyat foydasiga xizmat qildirish ehtimoli ham mavjud.
Bu kabi xavotirlarga nisbatan reaktsiya turlicha: baъzilar hisobotni “dahshatli darajada ishonarli” deb hisoblasa, boshqalar “juda pessimistik” deb baholashadi.