10.02.2024 11:01

Qizil dengiz: vaziyat yomon edi, badtarlashdi

Dunyoning yirik logistika kompaniyalari Qizil dengizdagi yuk tashish xavfsizligi bilan bogʻliq vaziyat AQSh husiylarga qarshi harbiy amaliyotlar boshlaganidan keyin faqat yomonlashganini taʻʻkidlamoqda.

Dunyodagi eng yirik logistika kompaniyalari, jumladan Maersk va Norden bosh direktorlari AQSh Qizil dengizda yuk tashish jarayonlari xavfsizligini taʻʻminlash maqsadida husiylarga qarshi harbiy amaliyotlar oʻtkazayotganiga qaramasdan yanada yomonlashganini maʻʻlum qildi. Bu haqda Bloomberg xabar bermoqda.

Joriy haftada yana bir yirik yuk tashish kompaniyasi ‑ Mitsui OSK Qizil dengiz orqali yuk tranzitidagi uzilish bir yilgacha davom etishi mumkinligini bildirdi. Uzilishlardan kelib chiqadigan iqtisodiy yoʻqotishlar milliardlab dollarni tashkil etadi. Inqiroz Suvaysh kanalidan foyda oladigan Misr va neftning katta qismini kanal orqali import qiluvchi Hindiston iqtisodlariga eng katta zarba bermoqda. Xususan, Nʻyu‑Deli Qizil dengizdagi vaziyat tufayli mart oyida yakunlanadigan moliyaviy yilda 30 milliard dollardan koʻproq zarar koʻrishi mumkin.

Inqirozga Yaman husiylari tomonidan tijorat kemalariga hujumlar soni ortib borayotgani sabab boʻlmoqda. Oktyabrʻ oyi oxiridan beri husiylar Isroilga aloqador 40 dan ortiq kemalarga hujum qilishgan. Oxirgi hujum 7 fevralʻ kuni sodir boʻldi: isyonchilar Qizil dengizda Britaniya va Amerika kemalariga muvaffaqiyatli hujum uyushtirilganini daʻʻvo qilmoqdalar. Bu esa Jo Bayden maʻʻmuriyatining Yamandagi AQSh-Buyuk Britaniya harbiy‑dengiz qoʻshilari zarbalari samaradorligi haqidagi daʻʻvolarini shubha ostiga qoʻyadi.

Bloomberg agentligining aniqlik kiritishicha, hujumga uchragan ikkita kemaning hech biri jiddiy zarar koʻrmagan. Biroq voqea tijorat kemalari uchun yuqori sugʻurta badallarini toʻlashi yoki Afrika boʻylab uzoqroq va qimmatroq yoʻnalishni egallashi zarurligini koʻrsatadi.

5 fevralʻ kuni Buyuk Britaniya mudofaa vaziri Grant Shepps deputatlarga husiy hujumlarining chastotasi oʻzgarganini aytdi.

"Husiylarning vaqti tugayapti, chunki ularning imkoniyatlari yomonlashmoqda, dedi vazir. Ularda endi radar stantsiyalari yoʻq, ular tobora Eronga qaram boʻlib bormoqda".

Biroq AQSh va Britaniya kemalariga husiylarning keyingi hujumlari buning aksini isbotlaydi.

Mavzuga aloqador