17.02.2025 18:58

Suriyaning agʻdarilgan diktatori Bashar Assad Moskvada qanday yashamoqda?


Suriyaning sobiq diktatori Bashar Assad ehtimol rafiqasi Asmaning kasalligi tufayli yoki xavfsizlik nuqtai nazaridan omma oldida chiqishlardan qochmoqda. Bu haqda Altruist xabar berdi. 

Qayd etilishicha, Asad oilasi Rossiya poytaxtida kamida 19 ta kvartira sotib olgan. Rossiya maxsus xizmatlari Asad va uning oilasini himoya qilishga alohida eъtibor qaratmoqda. Taxminlarga koʻra, xavf Markaziy Osiyo davlatlaridan oʻlgan vatandoshlari uchun qasos olmoqchi boʻlgan odamlardan kelib chiqishi mumkin.

Rossiya matbuoti Asad oilasining Moskvadagi hayotini “taqiqlangan mavzu” deb hisoblab, yoritmayapti.

Maъlumotlargat koʻra, Asad Moskvaga kelganidan beri prezident Putin bilan uchrashmagan va bunday uchrashuv boʻlishi dargumon. Asad Suriya xalqining oʻgʻirlangan pullaridan foydalangan holda biznesga eъtibor qaratishi kutilmoqda.

Mavzuga aloqador