11.07.2025 08:00
57
Suriyadagi kurd qurolli guruhi yangi hukumat bilan kelisholmayapti
Suriya hukumati va AQSh tomonidan qoʻllab-quvvatlangan Suriya demokratik kuchlari (SDF) oʻrtasidagi soʻnggi muzokaralarda hech qanday natijaga erishilmadi. Jarayonga yaqin manbalarga koʻra, SDF AQSh vositachiligi va Frantsiyaning ishtirokiga qaramay, mart oyidagi kelishuvning asosiy bandlari boʻyicha yon berishdan bosh tortgan.
SDF vakillari Suriya shimoli-sharqida oʻzlarining harbiy tuzilmalarini va markazsizlashtirish modelini saqlab qolishni talab qilmoqdalar. Damashq bu talablar mamlakat suverenitetiga xavf deb hisoblaydi.
Maъlumotlarga koʻra, Suriyaning tashqi ishlar, ichki ishlar va mudofaa vazirliklari tomonidan ilgari surilgan takliflar ham SDF delegatsiyasi tomonidan rad etilgan. Bu AQSh tomonining norozilik sifatida muzokaralardan qisqa muddatga chiqib ketishiga sabab boʻlgan.