02.12.2024 19:30
1384
Suriyada nimalar boʻlyapti?
Suriyada muxolifatdagi "Hayʻʻat Tahrir ash-Shom" guruhi hamda Ozod Suriya armiyasi jangarilari tomonidan etti kundan buyon Bashar Assad rejimi, Kurdiston ishchi partiyasi hamda qurollangan shia guruhlariga qarshi amaliyot oʻtkazilmoqda. Ushbu amaliyotlar davomida mamlakat shimolidagi 7920 km² maydon PKK/YPG va Asad rejimidan ozod qilindi. Soʻnggi vaziyat.
Suriyada muxolifatdagi "Hayʻʻat Tahrir ash-Shom" guruhi hamda Ozod Suriya armiyasi jangarilari tomonidan bir vaqtning oʻzida ikkita: “Ozodlik shafaqi” va “Tajovuzni toʻxtatish” amaliyotlari oʻtkazilmoqda.
27 iyunʻ kuni boshlangan operatsiyalar davomida 7920 km² maydon, jumladan, Halab, Idlib, Xan-Shayxun shaharlari, Tal-Rifat hududini Asad rejimi va Kurdiston ishchi partiyasidan (PKK/YPG) ozod qildi.
Hujumlar davomida muxolifat kuchlari Talʻ Xaselʻ havo hujumidan mudofaa bazasida Suriya armiyasiga tegishli S-125 HHM tizimi hamda SNR-125 radarini soz holatda qoʻlga kiritdi. Halabni ozod qilish davomida esa eng kamida 11 dona L-39 Albatros chexoslovakiya jangovar samolyoti oʻlja olindi. Shuningdek, Halab yaqinidagi Al-Safira hududida Assad kuchlarining brigada generali, 33 nafar suriyalik harbiy asirga tushgan.
27 noyabrdan keyin muxolifat tomonidan qoʻlga kiritilgan hududlar
Eron omili
Suriyadagi vaziyatda Eronning ham kuchli roli bor. Eron butun fuqarolar urushi davomida Bashar Assadni qoʻllab-quvvatlab kelmoqda. Vaziyat yana keskinlashishi bilan Eron tashqi ishlar vaziri Abbos Arakchi Suriya poytaxti Damashqda Assad bilan uchrashdi.
Damashqqa ketayotib, Arakchi matbuotga Eronning Suriya hukumati va armiyasini qattiq qoʻllab-quvvatlashini aytdi.
Eron TIV rahbarining Suriya va Turkiyaga safari davomida Eron tomonidan qoʻllab-quvvatlanuvchi "Hashd ash-Shabi", "Kataib Hizbulloh" va "Fotimiyun" shia guruhlari Iroqdan Suriyaga oʻtdi. Ushbu guruhlar muholifat kuchlari va Ozod Suriya armiyasiga qarshi kurash olib boradi.
Suriya armiyasidagi yuqori martabali manbaga koʻra, Iroqdan Eron bilan bogʻliq boʻlgan oʻnlab Iroq Hashed al-Shabi kuchlari ham Al-Bukamol nazorat punkti yaqinida Suriyaga harbiy yoʻl bilan kirdi.
"Bular shimoldagi oldingi safdagi safdoshlarimizga yordam berish uchun yuborilayotgan yangi qoʻshimchalar", dedi u va militsiya Iroqning Kataib Hizbulloh va Fotimiyun kuchlarini oʻz ichiga olganini qoʻshimcha qildi.
Eron Suriya urushi paytida Suriyaga minglab jangarilarni yuborib, Suriya prezidenti Bashar al-Assadga yordam bergan”, - deydi u.
Oʻz navbatida, The Times of Israel nashri 1 dekabrga oʻtar kechasi Isroil havo kuchlari qiruvchilari, taxminlarga koʻra, shia guruhlari uchun qurol-yarogʻ ortilgan Eron samolyotini Suriya osmonida yoʻnalishini oʻzgartirish va ortga qaytishga majbur qilgani haqida xabar berdi.
Shuningdek, AQSh harbiy samolyotlari Suriya sharqidagi Al-Mayadin shahrida joylashgan shia guruhlari pozitsiyalariga zarbalar bergani haqida xabarlar paydo boʻldi.
Rossiyaning munosabati va pozitsiyasi
Rossiya 2015 yildan beri Asad hukumatini qoʻllab-quvvatlab kelmoqda. Butun urush davomida Moskva muxolifat pozitsiyalari va tinch aholiga qarshi havo operatsiyalarini oʻtkazdi, Suriya armiyasini qoʻllab-quvvatladi va mojaroni hal qilish uchun diplomatik jarayonlarda ishtirok etdi.
Ayni paytdagi mojaroda ham Rossiya avitsiyasi Suriya armiyasiga yordam berib, Idlib va Halab chekkalarida qator havo hujumlarini amalga oshirdi. Jumladan, Rossiya harbiy samolyoti Idlib shimolidagi Harbanush qishlogʻidagi chodir lageriga havo hujumi uyushtirdi.
Dastlabki maʻʻlumotlarga koʻra, hujum oqibatida etti kishi, jumladan besh bola va ikki ayol halok boʻlgan, oʻn ikki kishi jarohatlangan.
"Bashar Assadni qoʻllab-quvvatlashda davom etamiz. Shunga koʻra, biz aloqalarni davom ettiramiz va mavjud vaziyatni tahlil qilamiz. Suriyadagi vaziyatni barqarorlashtirish uchun zarur choralar koʻriladi", - dedi kuni kecha Kremlʻ matbuot kotibi Dmitriy Peskov.
Bu soʻzlar ham Rossiyaning davom etayotgan mojaroda Suriya hukumatini qoʻllab-quvvatlash borasidagi oʻzgarmas pozitsiyasini tasdiqlaydi.