14.02.2025 12:40
356
Suriyada milliy xavfsizlik tizimi yaratila boshlandi
Suriya Ichki ishlar vaziri Ali Kidda mamlakatda yangi milliy xavfsizlik xizmati tashkil etilishini eъlon qildi. Bu tizim Suriya xalqiga qarshi jinoyatlarga aloqador shaxslarni javobgarlikka tortishga qaratilgan.
Yangi xavfsizlik xizmati xalqaro standartlarga mos ravishda faoliyat yuritadi va inson huquqlari, qonun ustuvorligi hamda adolatni hurmat qilishga asoslangan tayyorgarlikdan oʻtadi.
Asad agʻdarilgan tuzum davridagi xavfsizlik tuzilmalarining baъzilari xizmat koʻrsatish markazlariga aylantiriladi, boshqalari esa yangi talablar asosida isloh qilinadi. Shuningdek, umumiy xavfsizlik xizmati nomi rasman “Ichki xavfsizlik xizmati” deb oʻzgartirildi.
Ahmad ash-Sharъa mamlakatning oʻtish davridagi prezidenti sifatida eъlon qilingach, yangi hukumat Suriya konstitutsiyasini bekor qildi va parlamentni tarqatib yuborishini maъlum qildi. Shu bilan birga, boshqa davlat tuzilmalarini ham tubdan oʻzgartirishni aytib oʻtgan.