10.02.2025 10:03
Suriyada 270 ming qochqin vatanga qaytdi – BMT hisoboti
2024 yil boshidan buyon 270 mingdan ortiq suriyalik qochqin oʻz vatanlariga qaytdi. Bu haqda BMTning Qochqinlar boʻyicha Oliy komissarligi (UNHCR) Suriyadagi boshqarmasi xabar berdi.
BMT maъlumotlariga koʻra, hozirda mamlakatda 7,4 million kishi ichki qochqin sifatida hayot kechirmoqda, yana 4,9 million suriyalik esa qoʻshni davlatlarda boshpana izlamoqda. Eng koʻp qochqinlar Turkiyada (3 million) va Misrda (1,2 million) yashamoqda.
Shu bilan birga, koʻplab suriyaliklar yaqin kelajakda uylariga qaytishni rejalashtirmoqda. BMT hisobotida qayd etilishicha, qochqinlarning toʻrtdan bir qismidan koʻprogʻi 2025 yil davomida vatanga qaytishni maqsad qilgan.
Biroq, qochqinlarning qaytish jarayonida bir qator jiddiy muammolar mavjud:
Uy-joy va mulk huquqlari bilan bogʻliq masalalar;
Xavfsizlik bilan bogʻliq muammolar;
Asosiy xizmatlardan foydalanishdagi cheklovlar;
Iqtisodiy qiyinchiliklar.
Mutaxassislar fikricha, qaytib kelgan qochqinlar uchun qulay sharoitlar yaratilishi mamlakatdagi ijtimoiy va iqtisodiy barqarorlikni taъminlashda muhim ahamiyatga ega.
BMT va xalqaro tashkilotlar Suriyadagi gumanitar holatni yaxshilash uchun yordam koʻrsatishda davom etmoqda.