14.02.2025 16:10
473
Suriya uygʻur talabalari uchun bepul taъlim dasturini ishga tushirdi
Suriya Maorif vazirligi Sharqiy Turkistonlik (uygʻurlar) talabalarga bepul taъlim berilishini eъlon qildi. Endi Shom diyorida ushbu hududdan kelgan bolalar va yoshlar boshlangʻich maktabdan tortib to universitetgacha hech bir xarajatsiz oʻqishi mumkin.
Oldinroq, Turkiya Milliy mudofaa universiteti rektori professor Erhan Afyonju ham Turkiya oila inqiroziga yuz tutib, aholisi kamayishiga qarshi kurashish maqsadida uygʻur muhojirlariga vatandoshlik berishi kerakligini aytib chiqqandi. Bunga Isroilning shunga oʻxshash siyosati misol qilib keltirgan.
Gap shundaki, bir zamonlar Turonning bir boʻlagi boʻlgan Uygʻuriston hozir zulm iskanjasida. U erda oʻzbek, qozoq, uygʻurlar, umuman musulmonlar xoʻrlanmoqda. Afsuski Xitoydan milliardlab qarz olayotgan turkiy hukumatlar bosqinchilarning oʻz elatdoshlarini oʻldirayotgani, kontslagerlarda ming bir azobga solayotgani, dinidan mahrum qilayotganiga panja orasidan qarayapti.