17.07.2025 07:18
242

Suriya Suvayda ustidan toʻliq nazoratni tiklayapti



Suvayda toʻliq Suriya hukumati nazoratiga oʻtmoqda. Hududda isroil tarafdori boʻlgan kuchlar magʻlub etilgandan soʻng, bu erga Suriya ichki ishlar vazirligi boʻlinmalari joylashtiriladi.

Sulh kelishuvini Suriya hukumat bilan imzolagan druz shayxi Yusuf Jerbu IIV bilan hamkorlikka tayyor ekanini bildirib, hududda xorijiy kuchlar, xususan, Isroilning aralashuviga yoʻl qoʻyilmasligini taъkidladi.

Suriya armiyasi shaharning strategik hududlari va uning atroflarida oʻz taъsirini saqlab qoladi, bir qismi esa olib chiqilib, IIV xodimlari bilan almashtiriladi.

Suriya IIV bayonotiga koʻra, Suveydani mamlakat tarkibiga toʻliq integratsiya qilish jarayoni boshlanadi: toʻliq suverenitetni tiklash, nazorat-oʻtkazish punktlarini oʻrnatish, qurollarni musodara qilish, davlat muassasalarining faoliyatini qayta tiklash va maъmuriy nazoratni kuchaytirish rejalashtirilgan.

Mavzuga aloqador