15.02.2025 15:05
Suriya prezidenti Ahmad al-Sharъ Idlibga tashrif buyurdi
Suriya Arab Respublikasi prezidenti Ahmad al-Sharoa mamlakatning ozodlik ramzi boʻlgan Idlib shahrini unutmaganini taъkidlab, u erga tashrif buyurdi.
Tashrif chogʻida u Suriya inqilobining ogʻir yillarida Idlib aholisi mamlakatning barcha burchaklaridan kelgan qochqinlarga panoh berganini va ularning jasorati, hamjihatligi hamda insoniylikka sadoqatini yuqori baholashini bildirdi.
Prezidentning taъkidlashicha, Idlib faqat mahalliy aholi uchun emas, balki butun Suriyaliklar uchun qoʻllab-quvvatlash va himoya timsoliga aylangan. Qiyinchiliklarga qaramay, shahar tiklanish, samarali boshqaruv va taraqqiyot yoʻlida ulkan qadamlar qoʻygan.
Ahmad al-Sharoa Suriya hukumati Idlibdagi muammolarni hal qilish va aholining ogʻir holatini engillashtirish uchun bor kuchini sarflashini taъkidladi. Shuningdek, hukumat mamlakatdagi qochqinlarni oʻz uylariga qaytarish va lagerlarni yopish uchun zarur choralarni koʻrishga intilayotganini maъlum qildi.