17.02.2025 10:26
Suriya prezidenti Ahmad al-Shara Latakiya va Tartus viloyatlariga tashrif buyurdi
2025 yil 16 fevralь
Suriya prezidenti Ahmad al-Shara 16 fevralь kuni Latakiya va Tartus viloyatlariga tashrif buyurdi. Bu tashrifdan bir kun oldin, u Idlib va Halab viloyatlarida boʻlgan edi.
Latakiyadagi Shayx Zahir maydonida va Tartusdagi Gubernatorlik maydonida prezident Sharani katta olomon kutib oldi. Shundan soʻng, u Latakiya gubernatori, siyosiy ishlar boʻlimi boshligʻi va mintaqadagi boshqa yuqori lavozimli amaldorlar bilan uchrashuv oʻtkazdi.
Uchrashuv davomida Shara mazhablar va etnik guruhlar oʻrtasidagi ijtimoiy tinchlikni mustahkamlashga boʻlgan qatъiyligini taъkidladi. Shuningdek, u kambagʻallarga yordam berish, ish haqlarini toʻgʻirlash va ichki sarmoyalarni ragʻbatlantirish boʻyicha rejalarini eъlon qildi.
Prezident Shara hukumat Asad rejimi bilan bogʻliq guruhlarning mamlakatdagi barqarorlikni buzishga qaratilgan harakatlariga qarshi kurashni davom ettirishini ham maъlum qildi.
Manba: Anadolu agentligi (https://v.aa.com.tr/3484065)
---