11.06.2025 16:25
244
Suriya plyajlarda yangi kiyinish qoidalarini joriy etdi
Kecha, 10 iyunь kuni Suriya hukumati plyajlarda yangi kiyinish tartibini eъlon qildi.
Gʻarb nashrlarining yozishicha, ayollar barcha jamoat plyajlarida burkini (tanasini butunlay yopadigan suzish kiyimi)da yurishi shart. Bu 2024 yilning dekabrь oyida diktator Bashar Asad rejimi agʻdarilganidan keyingi oʻzgarishlardan biri hisoblanadi.
Mamlakat turizm vazirligi jamoat plyajlariga tashrif buyuruvchilar – xoh sayyoh, xoh mahalliy aholi vakili boʻlishidan qatъiy nazar jamiyat turli qatlamlarining his-tuygʻularini hisobga olishi shartligini bildirgan. Plyaj va boshqa joylar oʻrtasida harakatlanayotganda ayollar choʻmilish kostyumlari ustidan yopinchiq yoki keng xalat kiyishi lozim.
Turizm vaziri Mazen al-Salxaniy erkaklar ham yangi tartib boʻyicha koʻylak kiyishlari shartligini, jamoat joylarida ularning ustki kiyimsiz yurishiga ruxsat berilmasligini taъkidlagan.