06.12.2024 10:20
1098

Suriya muxolifati kuchlari mamlakatdagi toʻrtinchi yirik shahar – Hamani egalladi



Hama Suriya poytaxti Damashq mudofaasi uchun strategik ahamiyatga ega. Uning qoʻlga olinishi Suriyaning eng gavjum hududlarini bogʻlovchi yoʻllar kesishgan asosiy markaziy shahar – Xomsga yoʻl ochadi.

Suriya muxolifati kuchlari mamlakatdagi toʻrtinchi yirik shahar – Hamani egalladi. Bu haqda mamlakat Mudofaa vazirligi xabar berdi.

Qayd etilishicha, Hama qamoqxonasi ham egallanib, u erdagi  mahbuslar ozodlikka chiqarilgan.

Maʻʻlumot uchun, Hama Suriyaning xuddi shu nomdagi viloyati markazidir. Hozirda Bashar Asad rejimi himoyachilari provintsiyalarning ikki poytaxti – Halab va Hamani boy bergan.

“Bir haftadan sal koʻproq vaqt ichida ular Suriyaning ikkinchi yirik shahri Halabni toʻliq nazorat ostiga olishga muvaffaq boʻlishdi, endi esa kattaligi boʻyicha toʻrtinchi yirik shaharni egallab olishdi”, deyiladi Al-Jazeera'ning xabarida.

Hama Suriya poytaxti Damashq mudofaasi uchun strategik ahamiyatga ega. Uning qoʻlga olinishi Suriyaning eng gavjum hududlarini bogʻlovchi yoʻllar kesishgan asosiy markaziy shahar – Xomsga yoʻl ochadi.

Mahalliy nashrlarning eng soʻnggi xabarlariga koʻra, bugun tong saharda muxolifat jangchilari Xoms yaqinidagi Rostan shahrini ham egallashgan.

Mavzuga aloqador