Suriya hukumati Rossiya harbiy bazalarini saqlab qolish shartlarini maъlum qildi
Suriya mudofaa vaziri Murhef Abu Qasra mamlakatning yangi hukumati Rossiya harbiy bazalarini saqlab qolishga tayyor ekanini bildirdi, agar bu bazalar Suriya manfaatlariga mos kelsa. Uning taъkidlashicha, Bashar Asad rejimi qulaganidan keyin Rossiyaning yangi hukumatga nisbatan munosabati sezilarli darajada yaxshilangan. "Siyosatda doimiy dushmanlar yoʻq", — dedi vazir.
Rossiya hukumati Suriyaning yangi rahbariyati bilan Tartus harbiy-dengiz bazasi va Latakiya yaqinidagi Xmeymim harbiy-havo bazasini saqlab qolish boʻyicha muzokaralar olib bormoqda. Kelishuv Rossiyaga ushbu bazalardan 2066 yilgacha foydalanish imkonini beradi.
Kremlь matbuot kotibi Dmitriy Peskovning soʻzlariga koʻra, Rossiyaning Suriyadagi harbiy bazalarini saqlab qolish masalasini muhokama qilishga hali erta. U bu masala yangi hukumat bilan muhokama qilinishi kerakligini taъkidladi.
Suriyaning yangi rahbari Ahmad ash-Sharъ Rossiya bilan yaqin strategik munosabatlarni davom ettirish niyatida ekanligini bildirdi. Uning soʻzlariga koʻra, Suriyaning barcha qurollari Rossiyadan keltirilgan va koʻplab elektr stantsiyalari rossiyalik mutaxassislar tomonidan boshqariladi. "Biz Rossiyaning Suriyani tezkor tark etishini istamaymiz", — dedi ash-Sharъ.
Shu bilan birga, Estoniya tashqi ishlar vaziri Margus Tsaxkna agar Suriyaning yangi hukumati Rossiya harbiy bazalarini saqlab qolsa, Tallin Damashqqa yordam dasturlarini moliyalashtirmasligini maъlum qildi.
Rossiya prezidenti Vladimir Putin Suriyadagi vaziyatni baholar ekan, Moskva u erda oʻz maqsadlariga erishganini va terrorchilik anklavi yaratilishiga yoʻl qoʻymaganini taъkidladi. Uning soʻzlariga koʻra, hozirda Rossiya Suriyada hukumatni egallab olgan barcha guruhlar bilan aloqada boʻlib turibdi va ularning aksariyati Rossiyaning u erda qolishini xohlaydi.
Hozirda Rossiya oʻz qoʻshinlarini Suriya shimolidagi front chizigʻidan va Alaviy togʻlaridagi postlardan qisman olib chiqmoqda, ammo ularni Xmeymim aviabazasi va Tartus harbiy-dengiz bazasida saqlab qolmoqda.