27.09.2025 12:25
111

Suriya etakchisi 70 yil deganda BMT minbariga chiqib nutq soʻzladi


 

Suriya prezidenti Ahmad Ash-Sharъning 24 sentyabr kuni Birlashgan Millatlar Tashkiloti (BMT) Bosh Assambleyasida soʻzlagan nutqi ramziy jihatdan katta ahamiyat kasb etdi. Kuni kecha AQSh tomonidan boshiga 10 million dollar mukofot qoʻyilgan shaxs sifatida BMT minbaridan dunyoga xitob qilishi va tashrif doirasida koʻplab davlat rahbarlari bilan ikki tomonlama uchrashuvlar oʻtkazishi, Suriyada dekabrь oyidan beri kechayotgan ulkan oʻzgarishlarni namoyon etuvchi voqea boʻldi.

Shuningdek, BMT minbaridan butun dunyoga murojaat qilgan oxirgi suriyalik etakchi 1967 yilda Nuriddin Attasiy boʻlgani eъtiborga olinsa, Ash-Sharъning nutqining ramziy ahamiyati va yangi hukumat uchun qanday imkoniyat yaratayotgani yanada ravshanroq anglash mumkin.

Ahmad Ash-Sharъ bor-yoʻgʻi 9 daqiqa davom etgan nutqida Suriyaning “inqiroz eksport qiluvchi davlat” maqomidan chiqib, “tinchlik uchun imkoniyat manbai”ga aylanish bosqichida ekanini taъkidladi va mamlakatga nisbatan qoʻllanilayotgan iqtisodiy sanktsiyalarni bekor qilishga chaqirdi.

Ayniqsa, Ash-Sharъ iqtisodiy sanktsiyalar suriyaliklarni yana bir bor zanjirband qilish va ularning erkinliklarini tortib olish vositasi sifatida ishlatilmasligi uchun ular toʻliq bartaraf etilishi zarurligini qatъiy urgʻu bilan taъkidlashi muhim ahamiyat kasb etdi.

Mana, uning nutqidagi eъtiborga molik jihatlar:

U Suriya uchun barcha xalqaro sanktsiyalarni olib tashlashni talab qildi. 

«Suriya oʻzining xalqaro jamiyatdagi haqli oʻrnini qaytarmoqda», dedi u. 

U Suriya hukumatining yangi institutlar tashkil qilish, saylov oʻtkazish rejalari borligini va xorijiy sarmoyani jalb etishni olgʻa surdi. 

Uning nutqida Isroilning Suriyaga qilingan zarbalarini tanqid qilib, bu siyosatning xalqaro jamoatchilik tarafidan qoʻllab-quvvatlanadigan Suriya orzu-niyatiga zidligini taъkidladi. 

U Gʻazodagi aholini qoʻllab, “Suriya Gʻazo xalqi bilan birgadir, ularga qarshi qiynoq va zoʻravonlikka darhol chek qoʻyish kerak” degan mazmunda fikr bildirdi. 

Ash-Sharъ Suriya oʻzining ayrim terrorchilik tashkilotlari hamda narkotik savdosiga qarshi kurash ishlariga eъtibor qaratganini va ularni tark etishga harakat qilayotganini axborot kanallarida taъkidladi.

Mavzuga aloqador