07.07.2025 06:39
61
Sunъiy idrok tizimi shifokorlarga qaraganda 4 barobar aniq tashxis qoʻymoqda
Yangi ishlab chiqilgan MAI Diagnostic Orchestrator (MAI-DxO) tizimi shifokorlarga qaraganda 4 marta aniqroq tashxis qoʻymoqda. Ushbu tizim sunъiy intellektga asoslangan boʻlib, ChatGPT, Gemini, Claude va Grok kabi bir necha modellar "kengashi"dan iborat: ular birgalikda simptomlarni, testlarni tahlil qiladi va oʻzaro maslahatlashgan holda bemorga aniq tashxis qoʻyishadi.
Natijalar esa aъlo – MAI-DxO tizimi har 5 holatdan 4 tasida toʻgʻri tashxis qoʻygan. Bundan tashqari, tizim iqtisodiy jihatdan ham samarali boʻlib, tekshiruvlar va tahlillarni toʻgʻri tanlash orqali xizmat xarajatini 20% ga kamaytirdi.
Microsoft'ning AI boʻyicha bosh direktori Mustafa Suleymon bu texnologiyani "tibbiyotdagi superintellekt sari yoʻl" deb atadi. Maъlumotlarga koʻra, kompaniya ushbu vositani Bing'ga integratsiya qilishni rejalashtirmoqda.
MIT universiteti olimlaridan Devid Zontag bu tizimni qiziqarli deb baholadi, ammo natijalarga ehtiyotkorlik bilan yondashishni tavsiya qildi. Uning aytishicha, tadqiqotda ishtirok etgan shifokorlarga qoʻshimcha vositalardan foydalanmaslik tavsiya etilgan, shuning uchun AI bilan teng sharoitda emasdilar. Shu bilan birga, neyron tarmoqning tashxislari hayotiy tajribaga emas, modellashtirishga asoslangan.