15.07.2025 08:40
78
Sionistlar yana 78 falastinlikni oʻldirdi
Bosqinchi isroil kuchlari qamalda qolgan Gʻazoni bombardimon qilishda davom etmoqda. Kecha, 14 iyulь kuni sionistlarning hujumlari oqibatida 78 falastinlik halok boʻldi.
Wafa agentligiga koʻra, Isroilning Rafahdagi yordam tarqatish punktiga uyushtirgan hujumi oqibatida kamida 5 kishi halok boʻlgan. Shu bilan, Isroil va AQSh tomonidan qoʻllab-quvvatlanadigan Gʻazo gumanitar jamgʻarmasi yordam markazlarida halok boʻlgan falastinliklarning soni 838 nafarga etgan.
Gʻazo janubidagi Xon Yunusda koʻchmanchilar lageriga berilgan zarba oqibatida 9 kishi halok boʻlib, koʻplab odamlar yaralangan. Bureyj qochqinlar lageri yaqinidagi savdo markaziga hujum uyushtirilishi sabab 4 nafar odam qurbon boʻlgan. Gʻazo shahrida esa kamida 24 nafar falastinlik oʻldirilib, yana oʻnlab kishilar jarohatlangani maъlum qilingan.