22.07.2025 08:09
216
Sinay qabilalari kengashi Misr prezidentidan Falastin bilan chegarani ochishini talab qildi
Misr prezidenti Abdulfattoh as-Sisi Rafah chegara nazorat-oʻtkazish punktini darhol ochishi, Gʻazoga insonparvarlik yordami va tibbiy vositalar kirib borishini taъminlashi hamda hech qanday siyosiy yoki harbiy shantajga yoʻl qoʻymasligi kerak.
Bu haqda Sinay qabilalari kengashining Sisiga murojaatida aytiladi.
"Biz barcha Sinay qabilalarini va erkin Misr yoshlarini oʻzining haqsizliklarga nisbatan gʻazabini ijtimoiy tarmoqlar hamda tinch namoyishlar orqali ifoda etishga chaqirimiz", deyiladi kengashning bayonotida.
Unda aytilishicha, Gʻazo har bir musulmonning zimmasidagi masъuliyatdir. Musulmonlar falastinlik birodarlarini chegara bilan toʻsilgan ochlik va vayronagarchilik ichida yolgʻiz tashlab qoʻyilishiga yoʻl qoʻymasligi kerak.