02.02.2024 01:33

AQSh Gʻarbiy Sohildagi ekstremist yahudiy koʻchmanchilarga qarshi sanktsiyalar joriy qildi

AQSh prezidenti Jo Bayden bosib olingan Gʻarbiy Sohilda falastinliklarga qarshi zoʻravonlik qilgan ekstremist yahudiy koʻchmanchilarga qarshi sanktsiyalar joriy etish toʻgʻrisidagi farmonini imzoladi. Bu haqda Oq uyning yozma bayonotida soʻz boradi.

Farmonga koʻra, yaqinda bosib olingan Gʻarbiy Sohilda falastinliklarga qarshi zoʻravonlik qilgan ekstremist yahudiy koʻchmanchilar AQSh maʻʻmuriyati tomonidan sanktsiyalarga tortiladi.

Sanktsiyalar roʻyxatiga kiritilgan shaxslar Amerika moliya tizimida operatsiyalarni amalga oshira olmaydi, bu davlatga viza ololmaydi, ularning AQShdagi aktivlari, agar mavjud boʻlsa, muzlatiladi va Amerika fuqarolariga bu odamlar bilan biznes qilishi taqiqlanadi.

Tegishli bayonotida Bayden, Qoʻshma Shtatlar Gʻarbiy Sohilda xavfsizlik va barqarorlikning yomonlashuviga yoʻl qoʻymaslik uchun bu qadamni tashlaganini taʻʻkidlab, mintaqada falastinliklarga qarshi zoʻravonlik harakatlarini qabul qilib boʻlmasligini taʻʻkidladi.

Oq uy rasmiysining aytishicha, ism-sharifi oshkor etilmagan toʻrt nafar shaxs allaqachon farmonda nazarda tutilgan sanktsiyalar roʻyxatiga kiritilgan.

2023 yil 7 oktyabrdan beri ishgʻol qilingan Gʻarbiy Sohil va Sharqiy Quddusda Isroil kuchlari va noqonuniy yahudiy koʻchmanchilarning hujumlari natijasida kamida 381 nafar falastinlik halok boʻldi.

Mavzuga aloqador