20.04.2024 09:29

AQSh va EI Gʻarbiy Sohildagi falastinliklarga hujumlari bilan tanilgan ekstremistga sanktsiyalar joriy etdi

AQSh va Evropa Ittifoqi bosib olingan Gʻarbiy Sohilda falastinliklarga hujumlari bilan tanilgan ekstremist koʻchmanchi, «Lexava» tashkiloti asoschisi va etakchisi Benzi Gopshteynga nisbatan sanktsiyalar joriy etdi.

AQSh Davlat departamenti oʻz guruhining bosib olingan Gʻarbiy Sohilda falastinliklarga hujumlari bilan tanilgan ekstremist muhojir Benzi Gopshteynga nisbatan sanktsiyalar joriy qildi, deya xabar bermoqda TRT.

Juma kuni Qoʻshma Shtatlar ekstremist koʻchmanchi, Lehava tashkilotining asoschisi va rahbari Benzi Gopshteynga qarshi sanktsiyalar kiritdi. Ushbu ekstremistik guruh bosib olingan Gʻarbiy Sohilda falastinliklarga nisbatan zoʻravonlik amaliyoti bilan mashhur. Gopshteynning sanktsiyalar roʻyxatiga qoʻshilishi Davlat departamenti bayonotida eʻʻlon qilingan. Gopshteyn, shuningdek, oʻzining oʻta oʻng qarashlari bilan tanilgan Isroil Milliy xavfsizlik vaziri Itamar Ben-Gvirning ishonchli odami.

"Gopshteyn boshchiligida Lexava va uning aʻʻzolari falastinliklarga qarshi harakatlar yoki zoʻravonlik tahdidlari bilan shugʻullangan, koʻpincha nozik yoki beqaror hududlarni nishonga olgan", - deyiladi AQSh Davlat departamenti bayonotida.

Shuningdek, AQSh moliya vazirligi sanktsiyalar roʻyxatiga ikkita yangi tashkilot – “Xevron togʻi” (Mount Hebron Fund) va «Shlom Asirayx» (Shlom Asiraich)ni ham kiritdi. Agentlik ularni AQShning yana ikki koʻchmanchiga nisbatan joriy qilgan sanktsiyalarini buzganlikda ayblamoqda.

Mount Hebron Fund 1 fevralda sanktsiyaga uchragan Yinon Levi nomidan mablagʻ yigʻish kampaniyasini uyushtirdi. Tashkilot uning uchun 140 ming dollar ekvivalentini yiqqan. Ben-Gvirning shtab boshligʻiga yuridik xizmat koʻrsatuvchi Shlom Asiraich tashkiloti 1 fevralʻ kuni bosib olingan Gʻarbiy Sohilda zoʻravonlik sodir etgani uchun sanktsiya joriy etilgan shaxs – David Chaya Chasdaya uchun 31 ming dollar yiqqan.

“Biz soʻnggi kunlarda Gʻarbiy Sohilda zoʻravonlik avj olganidan chuqur xavotirdamiz va Isroilni ekstremistik koʻchmanchilar hujumlarining oldini olish hamda aybdorlarni javobgarlikka tortish uchun barcha choralarni koʻrishga chaqiramiz”, - deyiladi AQSh tashqi siyosat departamenti bayonotida.

Evropa Ittifoqi ham bir qator ekstremistik tashkilotlarga, jumladan, Lexavaga, shuningdek, falastinliklarga qarshi hujumlar uyushtirgan boshqa koʻchmanchilarga qarshi sanktsiyalar eʻʻlon qildi.

Isroil vaziri Ben-Gvirning taʻʻkidlashicha, AQSh va Evropa Ittifoqining Lexava va koʻchmanchilarga qarshi sanktsiyalari "Isroildan nafratlangan antisemit elementlarning qonli tuhmatining bir qismidir".

Mavzuga aloqador