27.05.2025 16:37
411

Saudiyada “Erkin niqoblilar” harakati ommalashmoqda



Saudiya Arabistonida hukumatning zulm siyosati, sionistlarga tobeligi hamda axloqsizlikka yoʻl ochib berayotganiga qarshi “Erkin niqoblilar” harakati ommalashib bormoqda. Poytaxt Ar-Riyod va Makka shaharlarida boshlangan norozilik harakati valiahd shahzoda Muhammad bin Salmon davrida tobora kuchaymoqda.

Gap shundaki, yoshlar oʻz tanqidlarini ijtimoiy tarmoqlarda keng tarqalayotgan videolari orqali ifodalashyapti. Tasvirlarda yuzlari niqoblangan yoshlar Saudiyada haqiqatni aytish jinoyatga aylangani, Bin Salmonning rejimi faqat hukmdorni madh etuvchi, bosqinchi isroilni sevadigan hamda axloqsizlikka moyil odamlar uchun quchoq ochishini taъkidlashmoqda.

Harakat "Qora shahzoda" siyosatidagi muxolifatni ezish, olim va voizlarni qamash, ogʻir soliqlar joriy etish va “NEOM” kabi shou-biznes loyihalari uchun xalq pulini nooʻrin sarflashiga qarshi chiqmoqda.

Saudiya ichida ilk bor ochiq va tartibli ravishda davom etayotgan bu harakat hukumat uchun sezilarli tahdid boʻlib, xalq qoʻzgʻoloniga sabab boʻlishi mumkin.

Mavzuga aloqador