22.01.2024 10:16

Toifda choʻllanishga qarshi kurashish uchun 150 ming daraxt ekildi

Makka mintaqasidagi eng yirik va Saudiya Qirolligidagi eng qadimgi bogʻlardan biri – “Saisad Taif”da choʻllanishga qarshi 150 ming tup daraxt ekildi. Koʻkalamzorlashtirish tadbirlari Saudiya Yashil tashabbusi maqsadlaridan biri boʻlgan 10 mlrd daraxt ekish milliy dasturining bir qismi hisoblanadi.

Saudiya Arabistonining Choʻllanishga qarshi kurash milliy markazi Saisad Taif milliy bogʻida 150 ming tup daraxt ekish ishlarini yakunladi, deya xabar bermoqda Arabnews nashri. Koʻkalamzorlashtirish tadbirlari Saudiya Yashil tashabbusi maqsadlaridan biri boʻlgan 10 mlrd daraxt ekish milliy dasturining bir qismidir.

Loyiha Makka mintaqasidagi eng katta er usti bogʻlaridan biri va Qirollikdagi eng qadimgi bogʻlardan biri boʻlgan 28 mln kvadrat metrlik bogʻning sakkiz xil joyini qamrab oldi.

Zich daraxtlar va keng yashil hududlarga ega togʻlar bilan oʻralgan qoʻriqxona Toif markazidan taxminan 15 kilometr shimoli-sharqda joylashgan boʻlib, sayyohlar uchun ochiq hisoblanadi.

Mavzuga aloqador