Saudiya Arabistoni musulmon boʻlmagan diplomatlar uchun moʻljallangan birinchi alkogolʻ doʻkonini ochishni rejalashtirmoqda.

Saudiya Arabistoni musulmon boʻlmagan diplomatlar uchun moʻljallangan birinchi alkogolʻ doʻkonini ochishni rejalashtirmoqda. Bu haqda Reuters agentligi xabar qildi.

Doʻkon poytaxt Ar-Riyod shahrining diplomatik kvartalida joylashadi. Faqat diplomatik xizmatdagi chet el fuqarolari spirtli ichimliklar doʻkonidan xarid qilishlari mumkin boʻladi.

Spirtli ichimliklar xarid qilish uchun ular mobil ilovada roʻyxatdan oʻtishlari va Tashqi ishlar vazirligidan ruxsatnoma olishlari kerak boʻladi.

Chet elliklarga har oyda belgilangan kvota doirasida spirtli ichimliklar sotiladi.

Mavzuga aloqador