27.05.2025 13:02
142
Saudiyada 73 yillik tartib – spirtli ichimliklar taqiqi bekor qilinadimi?
Oldinroq, qator Gʻarb nashrlarida Saudiya Arabistoni 2026-yildan boshlab mamlakatda 73 yildan beri amal qilayotgan alkogol taqiqlarini qisman bekor qilishga qaror qilgani haqida xabarlar paydo boʻlgandi. Mahalliy nashrlar esa ushbu qaror faqat chet ellik sayyohlar uchun moʻljallangan tanlangan hududlarga taalluqli ekani haqida yozishdi.
Alьkogol faqat 600 ga yaqin maxsus ruxsat etilgan joylarda — besh yulduzli mehmonxonalar, yuqori darajadagi kurortlar, diplomatik zonalar va turizm markazlarida, xususan, Neom loyihasi va Sindala orolida sotilishi mumkinligi qoʻshimcha qilingandi.
Ammo kutilmaganda Saudiya Arabistoni hukumati spirtli ichimliklarga qoʻyilgan 73 yillik taqiq olib tashlanishi haqidagi xabarlarni qatъiy rad etdi.
Hukumatning raddiya berishiga ushbu xabar jiddiy munozaralarni keltirib chiqargani hamda musulmonlarning jiddiy eъtirozlari sabab boʻlgan boʻlishi mumkin.
Maъlumot uchun, Saudiya Arabistonida alkogol 1952-yildan beri qatъiyan taqiqlangan edi. Bu qonun nafaqat fuqarolar, balki xorijliklar uchun ham birdek amal qilgan, uni buzganlar esa qamoq va deportatsiyaga duch kelgan.
Faqat oʻtgan yili poytaxt Ar-Riyodda ilk bor diplomatlarga moʻljallangan spirtli ichimliklar doʻkoni ochilgan edi.