03.11.2024 12:46

Saudiya tarixidagi eng katta xellouin nishonlandi: bu nimadan darak beradi?

 

Bu yil Saudiya Arabistonida mamlakat tarixidagi eng katta va uzun xellouin kechalari tashkil qilindi.

Gap shundaki, 1932 yilda Saudiya Arabistoni qirolligi tashkil etilganidan buyon mamlakat podshohlari oʻzining hashamatga ishqibozligi bilan ajralib turgan boʻlsa, 2015 yil 23 yanvarda – Salmon ibn Abdulaziz Al-Saud taxtni egallaganidan soʻng, yana-da ajablanarli manzaraning guvohi boʻlyapmiz. Aniqrogʻi, 2022 yilda qirol Salmonning ettinchi oʻgʻli va taxt vorisi shahzoda Muhammad bosh vazir etib tayinlangach, qirollikda Islomga mutlaqo aloqasi boʻlmagan, ildizi butparastlik va boshqa madaniyatlarga borib taqaluvchi gʻarbona "bayram"larga ham ruxsat berildi.    

2022 yildan boshlab Saudiyada rasman nishonlanadigan ushbu "shaytoniy marosim" butun dunyo musulmonlarining  eʻʻtirozlariga sabab boʻlgan.

Maʻʻlum boʻlishicha, xellouinni nishonlash uchun Ar-Riyodda qirollikning koʻngilochar shtab-kvartirasi homiyligida uch kunlik festivalʻ tashkil etilgan. Tadbir mehmonlari dahshatli tematik liboslarda kiyinishgan. U erda qonli qiyofalar, turli koʻrinishdagi maxluqlar va yirtqich hayvonlar, dahshatli filʻmlar qahramonlari hamda yovuz ruhlar niqobidagi koʻpgina "bayram" ishtirokchilari yigʻilgan. 

Biroq kuzatuvchilar ushbu kechani oʻtkazish uchun sarflangan mablagʻlar va gʻarbona hayot tarziga moyillik uchun Saudiya Arabistoni hukumatini maqtashmadi. Aksincha, tanqidchilar bu holat nafaqat musulmonlar qadriyatlariga yot "bayram"ni nishonlash, balki Gʻarb anʻʻanalarida mavjud boʻlgan oʻlim va nekrofiliya kulʻtini ommalashtirish ekanligini aytib oʻtishgan.

Yana baʻʻzilar "Qora shahzoda"ning "kelgusida qirollik moʻʻʻtadil Islomga qaytishi va asta-sekin Gʻarb yoʻlidan yurib, mamlakat modernizatsiya qilinishi" haqidagi soʻzlarini esga olgan. Tahlilchilar, aynan uning saʻʻy-harakatlari tufayli arab ayollarining mashina haydashiga, stadion va kinoteatrlarga borishlariga, kazinolar va qutb raqslarida ishtirok etishiga ruxsat berilganini qoʻshimcha qilishgan. "Mana nihoyat shahzoda bin Salmonning tashabbusi tufayli qirollikda har yili xellouin nishonlanadigan boʻldi", deyiladi bu haqdagi xabarlarda.

Xoʻsh, xellouin qanday "bayram"?

Yuz yillar oldin Evropaning katta hududlarida kelʻt qabilalari yashagan (hozirda ularning avlodlari – Irlandiya, shuningdek, Buyuk Britaniya tarkibiga kiruvchi Shotlandiya va Uelʻsda yashaydi). Ular butparast edilar va tabiatning turli elementlariga sigʻinishardi. 

Kelʻtlar oktyabrʻ oyining oxirida dala ishlarini tugatib, hosilni yigʻib olishgan. Bu paytda – keyingi tabiiy tsikl tugagach, ular yangi yilning boshlanishini nishonlaganlar. 

Kelʻtlar bu paytda oʻliklar hukmdorligining eshiklari ochilib, boshqa dunyo kuchlari va hayotdan koʻz yumganlarning ruhlari erga keladi, deb ishonishgan. Ularning botil aqidasiga koʻra, odamlar oʻzlariga zarar etmasligi, yovuz ruhlar uni tanimasligi uchun turli xil qoʻrqinchli liboslar va niqoblar kiyish kerak boʻlgan. 

Bayramning yana bir timsoli olov boʻlib, bu vaqtda koʻchalarda gulxanlar yoqilgan va odamlar uning alangasini kesib oʻtishgan. Bugungi kunga kelib, ichiga sham yoqilgan "qovoq bosh" ham ushbu "bayram"ning ramzi hisoblanadi.

Mavzuga aloqador