13.02.2025 11:05

Saudiya shahzodasi Jahon chempionatida spirtli ichimliklar sotilmasligini maъlum qildi



Oldinroq, Xalqaro futbol federatsiyasi (FIFA) kongressi Saudiya Arabistonini 2034 yilgi Jahon chempionati mezboni sifatida tasdiqlagandi. 

Shundan kelib chiqib, shahzoda Xolid bin Bandar Al-Saud turnirga keladigan mehmonlar Fors koʻrfazi davlatining madaniyatiga hurmat bilan yondashishi kerakligi va musobaqa davomida, hatto mehmonxonalar ichida ham, alkogolь sotilmasligini taъkidladi.

“Biz alkogolь isteъmol qilishga ruxsat bermaymiz. Spirtli ichimlik ichmasdan ham ajoyib vaqt oʻtkazish mumkin. Agar turnirdan keyin ichishni xohlasangiz, marhamat, lekin hozircha bizda alkogolь yoʻq”, deya shahzoda Bandar Al-Saudning soʻzlarini keltiradi Britaniyaning LBC radiostantsiyasi.

 Shuningdek, shahzoda Jahon chempionatiga LGBT'ga mansub muxlislar kelishi ehtimoli haqidagi savolga javob berib, "musobaqaning jahon darajasidagi turnir ekanini, rasmiylar imkon qadar, mamlakatga kelishni istagan barchani kutib olishga tayyorligi"ni bildirgan.

Mavzuga aloqador