13.06.2024 15:04

Saudiya dollar hukmronligiga qarshi qadam tashladi

Saudiya Arabistoni Xitoy boshchiligida transchegaraviy toʻlovlar va valyuta operatsiyalarini qoʻllab-quvvatlash uchun ishlab chiqilgan mBridge xalqaro raqamli platformasiga qoʻshildi. 8 iyunʻ kuni harbiy jihatdan qoʻriqlash evaziga neft va boshqa mahsulotlarni faqat dollarda sotish majburiyati yuklangan Saudiya va AQSh oʻrtasida tuzilgan 50 yillik kelishuv muddati nihoyasiga etdi. Endilikda Saudiya oʻz neftini boshqa valyutalarda ham sota oladi.

Saudiya Arabistoni Xitoy boshchiligida banklar tomonidan transchegaraviy toʻlovlar va valyuta operatsiyalarini qoʻllab-quvvatlash uchun ishlab chiqilgan mBridge xalqaro raqamli platformasiga qoʻshildi. Bu haqda qirollik Markaziy banki maʻʻlumotlariga tayanib, Investing.com nashri xabar berdi.

Qayd etilishicha, 1974 yil 8 iyunda Saudiya va AQSh oʻrtasida tuzilgan 50 yillik kelishuv muddati nihoyasiga etgan. Xuddi shu yili saudlar Amerika rahbarlariga neftʻ va boshqa tovarlarni istalgan mijozga faqat AQSh dollariga sotishga vaʻʻda bergan edi.

Bizcommunity nashrining yozishicha, Saudiyaning neftʻ-dollar shartnomasini uzaytirmaslik haqidagi qarori dunyoning moliyaviy holatini oʻzgartirishi mumkin.

"Endi mamlakat oʻzining uglevodorodlari va boshqa mahsulotlarini nafaqat AQSh dollarida, balki boshqa valyutalarda ham sota oladi", – deb yozadi nashr.

Maʻʻlumot uchun, Saudiya Arabistoni va AQSh oʻrtasida tuzilgan neftʻ-dollar shartnomasi AQSh siyosatining Bretton-Vuds kelishuvidan keyingi ikkinchi yutugʻi boʻlib tarixda qolgan. Shundan soʻng, dollar oltin bilan bogʻlangan global zaxira valyutasi sifatida tan olingan.

Oʻshanda saudiyaliklar neftni faqat dollarga sotish evaziga AQShning harbiy himoyasini olgan.

Eslatib oʻtamiz, fevralʻ oyida BAA va Xitoy ushbu platforma orqali raqamli dirham va yuandan foydalangan holda birinchi 14 million dollarlik transchegaraviy operatsiyani amalga oshirgan edi.

Mavzuga aloqador