06.04.2024 12:32

Zimbabve inflyatsiyaga barham berish uchun oltin standartini joriy etdi

Zimbabve oltini (ZiG) milliy valyuta sifatida eʻʻlon qildi. Uning qiymati mamlakatda qazib olinayotgan oltin va xorijiy valyutalar zaxiralariga tayanadi. Hozirda 1 AQSh dollarini 36 ming Zimbabve dollariga sotib olish mumkin.

Zimbabve Markaziy banki gubernatori Jon Mushayavanu Zimbabve oltini (ZiG) milliy valyuta sifatida muomalaga kiritilishini eʻʻlon qildi. Uning qiymati mamlakatda qazib olinayotgan oltin va xorijiy valyutalar zaxiralariga tayanadi.

Yangi kurs 1 AQSh dollari uchun 13,5 Zimbabve oltinini tashkil qiladi. Hukumat oʻtgan yil yozida mamlakat valyuta kursi ustidan nazoratni yumshatganidan soʻng mamlakat iqtisodiyoti giperinflyatsiyaga uchradi.

Ayni paytda 1 AQSh dollarini 36 ming Zimbabve dollariga sotib olish mumkin.

Bloomberg maʻʻlumotlariga koʻra, yanvarʻ oyidayoq mahalliy dollarlar faqat non sotib olish mumkinligi maʻʻlum boʻlgan. Mamlakat prezidenti Emmerson Mnangagva valyuta kursining qulashida xususiy tadbirkorlar, fond birjalari, banklar, Gʻarbning mahalliy siyosatchilarga qarshi sanktsiyalari va Afrikadagi yirik sugʻurta kompaniyalaridan birini aybladi.

Mavzuga aloqador