24.05.2025 13:59
517

Saudiya Arabistoni spirtli ichimliklar sotuvini qonuniylashtirmoqchi



Saudiya Arabistoni 2026-yildan ayrim turizm va diplomatik zonalarda spirtli ichimliklarni cheklangan tarzda sotishga va isteъmol qilishga ruxsat bermoqchi. Bu qaror xalqaro turizmni rivojlantirish va EXPO 2030 hamda 2034 yilgi FIFA Jahon chempionati kabi yirik tadbirlarga tayyorgarlikning bir qismi hisoblanadi.

Yangi qoidalar 600 ta joyni qamrab oladi: besh yulduzli mehmonxonalar, hashamatli kurortlar, diplomatik hududlar va Neom, Sindalah oroli hamda Qizil dengiz loyihasi kabi turizm markazlari. Ammo 20 foizdan yuqori alkogolli chimliklar taqiqlanganicha qoladi. Spirtli ichimliklar doʻkonlarda, ommaviy joylarda yoki uy sharoitida sotilmaydi va isteъmol qilinmaydi.

Rasmiylar bu tajriba BAA va Bahraynda yaxshi natija berganini aytishdi. Spirtli ichimliklar faqat litsenziyaga ega joylarda va tajribali xodimlar tomonidan sotiladi. Spirtli ichimliklar sotilishi qattiq nazorat qilinadi va qoidabuzarliklarga jiddiy chora koʻriladi.

Mavzuga aloqador