30.11.2024 11:34

Saudiya Arabistoni Isroil sababli AQSh bilan mudofaa shartnomasidan voz kechdi


Saudiya Arabistoni Isroil bilan bogʻliq vaziyat boshi berk koʻchaga chyukirib qolgani sababli AQSh bilan keng koʻlamli mudofaa shartnomasidan voz kechdi. Ar-Riyod va Vashington Tramp hokimiyat tepasiga kelgunicha engilroq shakldagi harbiy hamkorlik kelishuviga erishishga ulgurib qolmoqchi.

Saudiya Arabistoni Isroil bilan normallashuv evaziga Vashington bilan mudofaa boʻyicha keng koʻlamli kelishuvga intilishdan voz kechdi va endi oddiyroq harbiy hamkorlik kelishuviga erishmoqchi. Bu haqda Reuters Saudiya Arabistoni va toʻrt nafar Gʻarb rasmiysiga tayanib xabar qildi.

Yil boshida keng qamrovli oʻzaro xavfsizlik paktini imzolashga intilgan Ar-Riyod keyinroq Falastin davlatchiligi boʻyicha oʻz pozitsiyasini yumshatib, Vashingtonga mojaroni ikki davlat asosida hal etish qirollikning Isroil bilan munosabatlarini normallashtirish uchun asos boʻlishi mumkinligini etkazdi.

Isroil bosh vaziri Binʻyamin Netanʻyaxu esa Saudiya Arabistoni bilan aloqalarni normallashtirishni tarixiy bosqich va arab dunyosida kengroq qabul qilinganining belgisi sifatida koʻradi, deydi Gʻarb diplomatlari.

Ammo u 7 oktyabrdagi HAMAS hujumlaridan keyin falastinliklarga yon bossa, ichki qarshilikka duch kelishi va davlatchilikka qaratilgan har qanday ishora uning hukmron koalitsiyasini parchalashini biladi, deydi ular.

Ayei paytda, Ar-Riyod va Vashington prezident Jo Bayden yanvarʻ oyida Oq uyni tark etishidan oldin mudofaa boʻyicha ancha kamtarona kelishuvga erishishga umid qilmoqda, deydi manbalar.

Manbalarning aytishicha, AQSh va Saudiya Arabistoni oʻrtasidagi toʻliq huquqli shartnoma AQSh Senati tomonidan uchdan ikki koʻpchilik ovoz bilan maʻʻqullanishi kerak, biroq Ar-roziy Riyod Isroilni tan olmasa, bu imkonsiz.

Hozirda muhokama qilinayotgan yumshoqroq hujjat mintaqaviy xatarlar, asosan, Erondan kelayotgan tahdidlarga qarshi kurashish uchun qoʻshma harbiy mashgʻulot va treninglarni kengaytirishni oʻz ichiga oladi. Manbalarning taʻʻkidlashicha, bu Xitoy bilan hamkorlikning oldini olib, Amerika va Saudiya mudofaa firmalari oʻrtasidagi hamkorlikni rivojlantiradi ham.

Kelishuv Saudiya Arabistonining ilgʻor texnologiyalar, xususan, uchuvchisiz uchoqlarga qarshi mudofaa sohasiga sarmoya kiritishiga yordam beradi. Qoʻshma Shtatlar Ar-Riyoddagi ishtirokini oʻqitish, logistika va kiberxavfsizlikni qoʻllab-quvvatlash orqali oshiradi, shuningdek, raketaga qarshi mudofaa va integratsiyalashgan toʻxtatib turishni kuchaytirish uchun Patriot raketa batalʻonini joylashtirishi mumkin.

 Ammo bu AQSh qoʻshinlarini chet el hujumi sodir boʻlgan taqdirda dunyodagi eng yirik neft eksportchisini himoya qilishga majbur qiladigan majburiy oʻzaro mudofaa shartnomasi boʻlmaydi.

Mavzuga aloqador