“Tolibon” hukumati Rossiyaning bir qancha hududlari, jumladan, Tatariston va Checheniston afgʻonistonlik mehnat muhojirlarini qishloq xoʻjaligi ishlariga jalb qilishga rozi boʻlganini bildirdi.

Afgʻoniston Tolibon hukumati Rossiyaning bir qancha viloyatlari Afgʻonistondan mehnat muhojirlarini qabul qilishga tayyorligini maʻʻlum qildi. Bu haqda «TASS» xabar bermoqda.

Afgʻoniston mehnat vaziri vazifasini bajaruvchi Abdul Umariyning soʻzlariga koʻra, afgʻon ishchilariga, xususan, Tatariston va Chechenistonga qiziqish bildirgan.

Afgʻonistonlik mehnat muhojirlarini asosan qishloq xoʻjaligida ish bilan taʻʻminlash rejalashtirilgan.

Umariyning soʻzlariga koʻra, u Peterburg xalqaro iqtisodiy forumi davomida afgʻonlarni RFda ish bilan taʻʻminlash masalasini Rossiya rasmiylari, jumladan, RF Mehnat vazirligi rahbari Anton Kotyakov, shuningdek, Dogʻiston vakillari bilan uchrashuvlarda muhokama qilgan.

Avvalroq Rossiya Tashqi ishlar vazirligi “Tolibon”ni RFda taqiqlangan tashkilotlar roʻyxatidan chiqarish tarafdori ekani, chunki bu Moskva va Kobul oʻrtasidagi munosabatlarning rivojlanishiga toʻsqinlik qilayotgani haqida gapirgan edi. 

Mavzuga aloqador