28.05.2025 15:35
76
Rossiyaliklar Oʻzbekistonga 30 kungacha vizasiz kirib-chiqishi mumkin
Oʻzbekiston Respublikasi Rossiya fuqarolari uchun mamlakatga ichki pasport yoki ID-karta bilan 30 kungacha muddatga vizasiz kirish tartibini joriy etish ustida ish olib bormoqda.
"Izvestiya" xabariga koʻra, amalda rossiyaliklar Oʻzbekistonga faqat xorijiy pasport orqali kirishi mumkin boʻlib, vizasiz tartib 15 kungacha amal qiladi. Ushbu muddat tugagach, fuqarolar vaqtinchalik roʻyxatdan oʻtishlari talab etiladi. Markaziy Osiyoda faqat Qozogʻiston va Qirgʻiziston Rossiya fuqarolariga ichki pasport bilan kirish imkonini bermoqda.
Oʻzbekiston Tashqi ishlar vazirligi maъlum qilishicha, ushbu tashabbus faqat Rossiya bilan chegaralanmaydi. Qozogʻiston va Ozarbayjon fuqarolari uchun ham shunday engilliklar joriy etilishi koʻzda tutilmoqda. Hozirda muzokaralar olib borilmoqda va tegishli takliflar tayyorlanmoqda.