04.06.2025 06:27
73
Rossiyalik olimlar "chigirtka uni"dan non yopishni tavsiya qildi
Janubiy Ural davlat universiteti olimlari oddiy bugʻdoy uniga uvalangan chigirtka xomashyosini qoʻshish orqali yangi non yopish usulini ishlab chiqdi. Professor, texnika fanlari doktori Abduvali Toshevning aytishicha, chigirtka unining taxminan 60 foizi oqsillardan iborat. Shu bilan birga, bu kabi unning eruvchanlik indeksi uch baravar yuqori, emulsiya hosil qilish faolligi 55,2 foizga etadi. Koʻpik hosil qilish xususiyati esa 67,4 foiz boʻlib, bugʻdoy unidan toʻrt baravar yuqoridir.
Olim chigirtka xomashyosining oz miqdordagi aralashmasi ham non mahsulotlarini mikroelementlar bilan boyitishini taъkidlagan. Unga koʻra, yangi turdagi nonlar tarkibidan suv oʻtlari va qoʻziqorinlar aralashmasidan tayyorlangan un ham oʻrin olishi mumkin.
"5–15 foiz chigirtka uni, 2–6 foiz spirulina (suv oʻtlari) aralashmasi hamda 10–20 foiz qoʻziqorin kukuni qoʻshilgan mahsulotlar ajoyib taъm va hidga ega boʻladi", deydi Toshev.
Maъlumot uchun, 2024 yil yakunlariga koʻra non narxi Rossiyada sezilarli darajada oshgan va 2025 yilda ham qimmatlashishda davom etmoqda.